1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Manyak” qurboni bo‘lgan ayolning boshsiz murdasi topildi

Qotil ayolni o‘ldirib, uning shaxsiy buyumlari va kesilgan boshini o‘zi bilan olib ketgan.

“Manyak” qurboni bo‘lgan ayolning boshsiz murdasi topildi

 

Hindistonning Maxarashtra shtatida bir ayol "manyak” qurboni bo‘ldi. Bu haqda "The Times of India" xabar berdi. Manbada yozilishicha, “yaxshi ko‘rgan” yigiti bilan ijaraga olingan dachada ayolning yalang‘och murdasi boshsiz holda topilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, qurbon yigiti bilan soxta ismlar ostida turar joy ijaraga olgan. Ertasi kuni bino egasi uyni tozalash uchun kelganida qizning qonga botgan jasadini ko‘rgan. Qiz bilan birga bo‘lgan erkak asosiy gumonlanuvchi deb taxmin qilinmoqda. Chunki u ham xuddi jabrlanuvchining boshi kabi izsiz g‘oyib bo‘lgan.

 

Nashrning xabar berishicha, mahalliy politsiya uydan 50 metr narida topilgan sumka tufayli marhumaning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Qurbon taxminan 30 yoshda bo‘lgan.

 

“Manyak” jabrlanuvchining boshi bilan birga uning barcha shaxsiy narsalarini olib ketgan. U hottoki kottej atrofidagi videokuzatuv kameralariga ham tushmagan. Shuning uchun ham qotilning shaxsi haqidagi maʼlumotlar nomaʼlumligicha qolmoqda.

 

Bundan oldin ochilmagan jinoyatlarni o‘rganayotgan amerikalik The Case Breakers guruhi aʼzolari o‘tgan asrning 60-yillarida Kaliforniyada faoliyat yuritgan “Zodiak” laqabli seriyali “manyak”ni fosh qilgan edi. Guruh tergovchilarining taʼkidlashicha, baʼzi ashyoviy dalillar va tirik qolgan guvohlarning ko‘rsatmalari seriali qotilning shaxsini aniqlashga yordam bergan.

 

Avvalroq AQSHda 5 nafar jurnalist qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani hamda Sankt-Peterburgda odamxo‘r qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика