1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sankt-Peterburgda odamxo‘r qo‘lga olindi

23 yoshli o‘smir Yegor Komarov odam yeyishda ayblanib, ushlandi.

Sankt-Peterburgda odamxo‘r qo‘lga olindi

Bu haqda "Bez forma" sayti maʼlum qildi.

 

U yo‘lda ketayotganda yo‘l transport hodisasiga uchragan. Shu vaqt avtomobil yukxonasidan o‘ldirib uyga yeyish uchun olib ketayotgan odam murdasi yerga tushib ketgan.

 

Odamxo‘r joyida politsiya xodimlari tomonidan darhol qo‘lga olingan.

 

So‘roq paytida u odamlarni o‘ldirishni yaxshi ko‘rishini va bu uning birinchi qurboni emasligini, bundan avval ham u ishlarni qilganini tan olgan. U bir yil avval odam go‘shtini tatib ko‘rish uchun bir odamni pichoqlaganini aytgan. Qotil qurbonning tilini kesib, murdani quvurga yashirgan. So‘ng kesib olingan odam tilidan taom pishirib yegan. Ammo taom unga yoqmagani bois "Odam tili shirin emas ekan" deb taʼrif bergan.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика