1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Marg‘ilonda XTB sobiq mudiri 1,7 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Sobiq mudir 2021-yil 1-noyabr kuni gumonlanuvchi tariqasida prosessual tartibda ushlangan.

Marg‘ilonda XTB sobiq mudiri 1,7 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

 

Marg‘ilon shahar xalq taʼlimi bo‘limi sobiq mudiri qurilish-taʼmirlash ishlari davomida jami 1,7 milliard so‘m miqdordagi mablag‘ni talon-taroj qilishda ayblangan. Buning natijasida XTBning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sobiq mudir ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishini Marg‘ilon shahar prokuraturasi  ko‘rib chiqmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar xalq taʼlimi bo‘limi boshlig‘i taʼlim tizimini muntazam ravishda tanqid qilgani sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingani haqida xabar tarqalgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  shirkatlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani aniqlangani  va Sergelida 32,5 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani  haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика