1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Markaziy bank birinchi marta oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi

2025-yilning boshidan buyon oltin narxi 49 marta oshgan.

Markaziy bank birinchi marta oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi

Markaziy bank birinchi marta oltin quymalarini qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi. Qadog’i but holatdagi quymalar sotish narxidan 3,9 foizga, texnik talablarga mos kelmaydiganlari esa 4,9 foizga pastroq narxda qaytarib olinmoqda.

 

100 gramm ko‘rinishidagi oltin quymalarni bugun banklarga 167 mln 910 ming so‘mga qaytarib sotish mumkin. Ushbu quymalar 1 yil avval 116,6 mln so‘m narxda sotuvga chiqarilgan edi. Sof foyda — 44 foiz.

 

Avvalroq oltin quymalarni banklarga 1–4 foiz atrofida qaytarib sotish mumkin bo‘lgan, biroq aniq narxlar ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning boshidan buyon oltin narxi 49 marta oshgan, bu esa mamlakat ichki bozorida qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatishi haqida xabar bergan edik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика