1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda oltin narxi bir yil Ichida 49 marta oshdi

So‘nggi oylarda O‘zbekistonda oltin narxi keskin ko‘tarilmoqda.

O‘zbekistonda oltin narxi bir yil Ichida 49 marta oshdi

 

So‘nggi oylarda O‘zbekistonda oltin narxi keskin ko‘tarilmoqda. 2025 yilning boshidan buyon oltin narxi 49 marta oshgan, bu esa mamlakat ichki bozorida qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatdi.

 

Markaziy bankning 29 dekabr holatiga ko‘ra, oltin quymalari narxi quyidagicha shakllangan:

 

— 5 gramm — 8,9 mln so‘mdan yuqori;

 

— 10 gramm — 17,9 mln so‘m;

 

— 20 gramm — 35,8 mln so‘m;

 

— 50 gramm — 89,6 mln so‘m;

 

— 100 gramm — 179,2 mln so‘m.

 

Oltin narxining oshishi faqat O‘zbekistonda emas, jahon bozorida ham yetarlicha oshdi. 26 dekabr kuni oltin narxi ilk bor 4,5 ming AQSH dollaridan oshdi. “Reuters” agentligini yozishicha, AQSHda foiz stavkalarining pasayishi kutilayotgani, investorlarning himoyalangan aktivlarga bo‘lgan talabning ortgani ham oltin narxining oshishga sabab bo‘lmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oltin narxi yil boshiga nisbatan 60 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика