1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarini tikladi

07:27 / 08.05.2022

1.5k

Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarini tikladi

Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarini tikladi

Ular joriy yilning fevral oyida ajrashishga qaror qilgandi.

 

Bloger Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardorov bilan yarashib oldi, deya xabar  bermoqda “Xabardor.uz” nashri.

 

Qayd etilishicha, kecha, 7-may kuni Tillayevaning Instagram sahifasiga eri bilan yarashgani aks etgan videorolik joylangan. Maryam Tillayeva videorolikda uni “bu yerga majburlab olib kelishgani”ni ta’kidlaydi. “Men tinchlik tarafdori bo‘lganim uchun sen bilan yarashyapman”, dedi u.

 

Rafiqasi bilan yarashib olganini Amiran Sardorov ham tasdiqlagan.

 

“Ha, biz u bilan haqiqatan yarashib oldik. Men Dubayga ketgandim, biz u bilan uzoq vaqt yozishib yurdik, munosabatlarga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldik va qaysidir daqiqada uni sevishimni tushunib yetdim. U men birga bo‘lishni istaydigan inson. Yonimga kelishi uchun chipta oldim. Uzoq muhokamadan keyin barchasini boshidan boshlashga qaror qildik”, deydi Amiran.

 

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика