1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

MIB orqali firibgarlardan 268 mln so‘m jarima undirildi

Ular, shuningdek, 13,5 mln so‘m ijro yig‘imi to‘lashgan.

MIB orqali firibgarlardan 268 mln so‘m jarima undirildi

Fibirgarlik jinoyatini sodir etgan ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining 2025 yil 27- fevraldagi ajrimiga asosan xar biriga 134.130.000 so‘mdan jinoiy jarima jazosi belgilanib, ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limiga yuklatilgan.

 

Ijro harakatlari davomida, belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlar tomonidan jarima puli to‘lanmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, mazkur jarima jazosini boshqa jazo turiga o‘zgartirish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga taqdimnoma kiritilgan.

 

Natijada, ozodlikdan maxrum qilinishini tushunib yetgan qarzdorlardan 134 mln. 130 ming so‘mdan jami 268 mln. 260 ming so‘m jarima pullari xamda 13,5 mln. so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirilib, ijro xujjatlarining ijrosi tamomlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика