1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Moderna” asoschilari ilk bor "Eng boy аmerikaliklar" ro‘yxatidan joy egalladi

“Moderna” asoschilaridan Noubar Afeyan va Robert Langer, shuningdek, ilk investor Timoti Springer mazkur yil Forbes jurnalida “400 nafar eng boy аmerikaliklar” ro‘yxatiga kiritildi.

“Moderna” asoschilari ilk bor "Eng boy аmerikaliklar" ro‘yxatidan joy egalladi

 

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, kompaniya asoschilaridan biri Noubar Afeyan qariyb 5 milliard dollar miqdoridagi boylikga ega. Robert  Langerning  4,9 milliard dollar, kompaniyaga millionlab sarmoya kiritgan Timoti Springerning esa 5,9 milliard dollar mablag‘i bor. Bu ko‘rsatkichlar bilan "400 eng boy аmerikaliklar" ro‘yxatida Timoti Springer 176, Noubar Afeyan va 212 va Robert Langer 222-o‘rinni egallagan.

 

Pandemiya natijasida iqtisodiy inqiroz kuzatilganiga qaramay, 2021-yilgi “400 nafar eng boy аmerikaliklar” ro‘yxati Forbesning 2020-yildagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 40 % ga ortgan.

 

Mazkur ro‘yxatga 2007-yildan buyon yangi nomlar kiritilgan. Ularning aksariyatini moliya, texnologiya va sog‘lini saqlash sohalaridagi milliarderlar tashkil qiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida, Amerikaning butun dunyo bo‘ylab dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi “Johnson&Johnson” va Yevropaning “AstroZeneca” farmatsevtika kompaniyalari o‘zlari yaratgan vaksinadan foyda olish niyatida emasliklarini aytgan.

 

Avvalroq Donald Tramp eng boy amerikaliklar ro‘yxatidan joy ololmagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика