1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Mohaqiq: Tolibon hukumati tez orada tanazzulga uchraydi

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda qashshoqlik va ishsizlik shunchalik keng tarqalib ketganki, ko‘pchilik odamlar kundalik nonini sotib olishga qurbi yetmayapti. Ularning baʼzilari esa, hatto, non uchun farzandlarini sotishmoqda.

Mohaqiq: Tolibon hukumati tez orada tanazzulga uchraydi

 

“Islom birligi” partiyasi rahbari Muhammad Mohaqiqning aytishicha, Tolibon mamlakatni nazorat ostiga olganidan beri vaziyat yomonlashmoqda. Agar vaziyat shunday davom etsa, Tolibon hukumati oxir-oqibat qulab tushadi.

 

Mohaqiq Tolibonning “urush tugadi" deya jar solishiga ishonmasligini taʼkidlar ekan, uni “haqiqiy emas” deb atagan.

 

“Mamlakatning ko‘p joylarida haligacha suiqasdlar, portlashlar va urushlar davom etmoqda”, - deydi “Islom birligi” partiyasi rahbari.

 

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, minglab sobiq hukumat qo‘mondonlari, mujohidlar va hatto qishloq rahbarlari ko‘chirildi, quvg‘in qilindi yoki uylaridan haydalib, qiynoqqa solindi. Bu Tolibon rahbariyati eʼlon qilgan umumiy amnistiyaga ziddir.

 

“Tolibon “universal” hukumatni shunday belgilaydiki, barcha yuqori martabali amaldorlar Tolibondan bo‘ladi, lekin ramziy maʼnoda boshqa etnik guruhlar orasidan odamlar nomiga qo‘shiladi. Keyin esa dunyo hamjamiyatiga qarata “bizda ham boshqa etnik guruhlar bor!” deb aytishadi”, - deydi “Islom birligi” partiyasi rahbari Muhammad Mohaqiq.

 

Avvalroq Afg‘onistonda OAV “ramka”ga solinayotgani hamda nima uchun Afg‘onistonni yengib bo‘lmasligi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика