1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moskva muhojirlarni elektron ilova orqali kuzatib boradi

1-sentabrdan migrantlarga shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “elektron karta” beriladi.

Moskva muhojirlarni elektron ilova orqali kuzatib boradi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Moskva shahrida muhojirlarni nazorat qilish imkonini beruvchi yangi elektron dastur ishga tushiriladi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin “Interfaks” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tizim migrantlarni kuzatish va tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u Moskva viloyatida tajriba tariqasida joriy etiladi. Shuningdek, barcha aeroportlarda muhojirlar ustidan biometrik nazorat o‘rnatilgani qayd etildi.

 

Yangi tizim doirasida migrantlarga maxsus “elektron karta” beriladi. Ushbu karta orqali ularning shaxsiy ma’lumotlari, mamlakatga kelgan sanasi, yashash va ishlash muddati, migratsiya qoidabuzarliklari haqida to‘liq ma’lumotlar saqlanadi.

 

“QR-kod orqali politsiya shaxs haqidagi barcha ma’lumotni bir zumda ko‘ra oladi. Agar tizimda qizil signal yonsa, huquqni muhofaza qilish organlari uni tekshirishi shart bo‘ladi. Yashil chiroq yongan taqdirda esa qo‘shimcha savollar tug‘ilmaydi”, — deya ta’kidladi Moskva meri.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика