Ma'lum bo'lishicha, kechki 9 lar arafasida tez tibbiy yordam bo‘limiga Varshavskaya ko‘chasida joylashgan 29-militsiya bo‘limida politsiya kapitani to‘pponchadan yaralangani haqida xabar kelib tushgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi voqea qurolga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida sodir bo‘lganini tasdiqladi. Xayriyatki politsiya xodimi jiddiy yaralanmadi. Yengil tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Hozirda ehtiyotsizlik tufayli yuzaga kelgan muammodan keyin politsiya xodimining lavozimda ishlash yoki ishlamasiligi hal qilinmoqda
Avvalroq AQSHda o‘yinchoq to‘pponcha bilan talonchilik qilgan erkak 40 yildan so‘ng ozodlikka chiqarilgani hamda Gollivud aktyori Alek Bolduin operator Galina Xatchinsning "Rast" (Rust) filmi suratga olish maydonchasida otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


