20-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Muxarrem Akkaya va Oliy saylov kengashi aʼzosi Kurshat Xamurju bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muxarrem Akkaya MSK va O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston demokratik taraqqiyotida bo‘lajak saylovlar muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.
Zayniddin Nizamxodjayev Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida maʼlumot berdi. Qonunchilikka kiritilgan tegishli o‘zgarishlar, saylovlarning ochiq va shaffof o‘tkazish borasida qilingan ishlar, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berish masalalari tilga olindi.
Turkiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etishi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasining Anqara shahridagi elchixonasida 43-saylov uchastkasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida 44- saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Bundan avval IHT kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelgani hamda Afg‘onistonlik kuzatuvchiinng saylovga oid fikrlari to‘g‘risida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


