"Omicron" shtammi bilan birinchi bo‘lib duch kelgan Janubiy Afrika shifokorlarining fikriga ko‘ra, koronavirusning asosiy belgilaridan biri kuchli charchoq hisi hisoblanadi. Bu o‘ziga xos bo‘lmagan alomat o‘z-o‘zidan boshqa turli kasalliklarni paydo qilishi mumkin", — deydi Moskva davlat universiteti endokrinologi Zuhra Pavlova.
Uning qo'shimcha qilishicha, bemor o‘zining ahvoli qanchalik og‘ir ekanini tushuna olmaydi. Afsuski, bu alomatni oddiy charchoqdan mustaqil ravishda ajratib bo‘lmaydi. Infeksiya yuqtirilganda paydo bo‘ladigan charchoq hissi immunitet tizimidagi, miya ishida yoki asab tizimining to‘qimalarida jiddiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi ko‘plab tana tizimlari ishida jiddiy buzilishlarga olib keladi.
Qonning xususiyatlari o‘zgaradi, bu ko‘plab organlarning qon taʼminotini buzadi. Shuning uchun inson o‘zini jismonan zaif his qiladi. Bularning barchasi mushaklarning zaiflashuvi bilan birga kechadi.
Shuningdek, Endokrinolog kuchli charchoq kabi alomat paydo bo‘lganda, COVID-19 uchun PZR testidan o‘tishga chaqirgan.
Avvalroq, dunyoni tashvishga solayotgan “Omicron” shtammining ilk tasviri paydo bo‘lgani hamda Yaponiya “Omicron” shtammi tufayli xorijliklar uchun yopilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva