1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda 3-sinf o‘quvchisi YTH oqibatida shifoxonada vafot etdi

Namangan shahrida “VAZ-2101” yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Namanganda 3-sinf o‘quvchisi YTH oqibatida shifoxonada vafot etdi

 

 

Qayd etilishicha, 13 sentyabr kuni soat 18:40 atrofida «Kelajak tonggi» mahallasi Chortoq ko‘chasida “VAZ-2101” mashinasini hushyor holda boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmagan.

 

Oqibatda u yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan, 63-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

 

Maʼulm qilinishicha, piyoda ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq sinishi va o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlariga eʼtiborli bo‘lishlarini, haydovchilardan esa yo‘llarda bolalarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

 

Bundan avvalroq Zominda “VAZ-2107” va “Tracker” avtomobili to‘qnashi natijasida 7-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohati sabab tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgani hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Matiz” mashinasi haydovchisi 12 yoshli qizni urib yuborishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика