1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda “Lacetti”dan hujjatsiz 80 million so‘mlik dori-darmon topildi

Ayni paytda chetdan sifatsiz dori-darmon kirib kelishiga qarshi muntazam kurash olib borilayotganiga qaramay, ularning yurtimizga turli  qing‘ir yo‘llar bilan kirib kelishi davom etmoqda.

Namanganda “Lacetti”dan hujjatsiz 80 million so‘mlik dori-darmon topildi

 

 

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi DXX xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda Zamon.uz‘ga Davlat bojxona qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Nurbek Salomov maʼlum qildi.

 

Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda uning yukxonasida hujjatsiz, umumiy qiymati 80 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 22 ming 237 dona dori-darmon borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib bormoqda.

 

Avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan “KIA BONGO” rusumli transport vositasidan hech qanday hujjatlarsiz, katta miqdorda 50 turdagi dori vositalari aniqlangani haqida xabar bergan edik.

 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика