
Bu haqda Namangan viloyati FVB xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, hodisa Namangan viloyati Uychi tumani Boyagon mahallasi hududida 29 avgust kuni sodir bo‘lgan. Shu mahallada joylashgan Sohil bo‘yi ko‘chasidan o‘tgan Farg‘ona kanalining damba yo‘lida harakatlanib ketayotgan H.H.ga tegishli “Nexia” boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.
Aniqlanishicha, avtomashina suvdan olib chiqilgan. Haydovchiga tan jarohati yetmagan va hozirda holati yaxshi. Mazkur holat bo‘yicha hech qanday jiddiy zararlar yuzaga kelmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda kanalga cho‘kib ketgan 10 yoshli bolaning jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.


