Qayd etilishicha, 2021-yil 28-avgust kuni soat 21:15 larda, Pop–Iskovut yo‘lining 3 kilometrida, Pop tumani “Iskovut” MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro “Nexia”ni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1995-yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 28-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida “ZIL” yuk mashinasi haydovchisi teplovoz urib ketishi oqibatida, Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi hamda Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


