Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida
995 million so‘mlik tovarlarni yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida fuqaro S.A boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 995 million so‘mlik dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda shu bilan birga maishiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 250 million so‘mlik noqonuniy televizorlar fosh etilgani hamda 9 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy tovarlar aylanmasining oldi olingani haqida xabar berilgandi.


