1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda sodir bo‘lgan navbatdagi olovli ajal ikki kishini halok qildi

Bu hodisa soat 02:34 da Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan.

Namanganda sodir bo‘lgan navbatdagi olovli ajal ikki kishini halok qildi

 

Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Uchqo‘rg‘on tuman Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi 106-uy 10-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. 

 

Unga asosan soat 02:38da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan.

 

Yong‘in  soat 02:40da yong‘in joyi o‘rab olingan.

 

Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.

 

 

Sodir bo‘lgan yong‘in soat 03-00da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.

 

Yong‘in o‘chirish paytida kuygan holatda 2 qavat yo‘lagidan 10-xonadon egasini jasadi va farzandining yashash uyining yuvinish xonasida tutunga dimiqqan holda tanasi topilgan.

 

Bundan tashqari, 106-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar Voyaga etmagan o‘g‘il va qiz bolalar Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

 

 Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sergelida ishchilar yotoqxonasida gaz portlagani hamda namanganda so‘nggi ikki kunda 4 ta yong‘in bo‘ldi, 6 ta xonadon zararlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика