
Qayd etilishicha, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J.A. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zidan oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Q.U. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda “Cobalt” mashinasi “Lacetti” bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgani hamda G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining 100-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


