Bugun, 12-dekabr kuni soat 03.20 atrofida Namangan tumanidagi xonadonlardan birida chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Chaqnash oqibatida xonadonning shift va tom qismidan 20 kv.metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Xonadon egasi, turmush o‘rtog‘i va ularning 3 nafar farzandi kuyish natijasida tan jarohati olgan.
Aniqlanishicha, yashash uyiga tortib kelingan gaz trubasi jo‘mragining nosozligi sababli undan tabiiy gaz sizib chiqqan va xonaga to‘plangan. Uy bekasi gaz hidini sezmagan holda elektr chirog‘ini yoqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.
Hozirda sodir bo‘lgan chaqnash yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Javohirbek Tursunov