1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov otasi va oila aʼzolari bilan saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Navoiy viloyatida ham ko‘tarinkilik va faollik bilan davom etmoqda.

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov otasi va oila aʼzolari bilan saylovda ovoz berdi

 

Viloyat hokimi Qobul Tursunov otasi va oila aʼzolari bilan birgalikda Karmana tumanidagi 64-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

 

Mazkur saylov uchastkasida 2 ming 453 nafar saylovchining ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, pandemiya sharoitidan kelib chiqib, karantin talablariga rioya qilingan holda ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

 

– “Yangi O‘zbekistonda yangi saylovlar” shoiri ostida o‘tayotgan Prezident saylovi yurtimizda eng muhim siyosiy tadbir bo‘lib, ertangi kunimizni, mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini belgilab beradi. Qolaversa, ushbu tadbirda har bir fuqaromiz faol ishtirok etib, o‘z huquqidan foydalangan holda o‘zi munosib deb bilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashi kerak, – dedi Qobul Tursunov.

 

Qayd etilishicha, viloyatdagi 11 ta saylov uchastkasida, jumladan mazkur saylov uchastkasida ham saylov jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etgandi.

 

Bundan avval O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov hamda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova Uchtepa tumani 116-maktabdagi 206-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Davron HidoyatovQashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon TurdimovFarg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda 126 yoshli Xuvaydo momo o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz bergani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика