1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Navoiyda tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 2 tonna tosh-qum o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Ular 54 kishi bo‘lgan.

Navoiyda tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 2 tonna tosh-qum o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

 

Konimexning “Karakata” OFY hududida Lolazor nomli tashlandiq oltin konida reyd o‘tkazildi. Unda 7 guruhga bo‘lingan 54 kishi foydali qazilma qazib olayotgan paytida qo‘lga olindi.

 

Guruh aʼzolaridan 4 dona “dvijok”, 7 dona perforator, 2 ta “Ford” rusumli transport vositasi, 2 tonna og‘irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo‘lgan tosh-qumlar hamda ularni solishga mo‘ljallangan qop, arqon, elektr kabel, benzin yoqilg‘isi, ketmon, belkurak, qo‘lbola usulda tayyorlangan tosh maydalagichlar topilgan.

 

Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xuddi shu hududda tuproq tarkibidan tilla qumlarini kovlab olayotgan 4 nafar fuqaroni qum bosib qolishi oqibatida vafot etgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика