1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Notcoin” sotaman degan bola firibgarga chuv tushdi

Hozirda firibgar aniqlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Notcoin” sotaman degan bola firibgarga chuv tushdi

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli fuqaro o‘zining bank kartasidagi 1 400 000 so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilgani haqida IIOga murojaat qilgan.

 

Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi 18 yoshli F.E. sodir etganligi aniqlangan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan F.E. Telegram orqali H.J. bilan gaplashib, unga “Notcoin” sotib olishini aytgan va uni qiziqtirib, to‘lovni oldindan amalga oshirishi kerakligini aytgan holda 1 400 000 pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

 

Hozirda holat yuzasidan F.E.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика