1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NYT: Putin Ukrainada g‘alaba qozonishiga ishonadi

Rossiya prezidenti ko‘zlagan uch asosiy maqsad maʼlum qilindi.

NYT: Putin Ukrainada g‘alaba qozonishiga ishonadi

 

Putin Ukrainadagi harakatlari orqali uch maqsadga erishmoqchi. Bu haqda siyosatshunos Tatyana Stanovayaning The New York Times‘da eʼlon qilingan maqolasida so‘z boradi.

 

May oyi oxirida RF rahbari Ukrainada uzoq istiqbolda g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. Shundan buyon uning uch yo‘nalishda aniq harakatlar dasturi bor.

 

Birinchi maqsad sifatida Donetsk va Lugansk viloyatlarini nazoratga olish hamda Qrim bilan quruqlik koridorini tashkil qilishdan iborat.

 

Ikkinchi yo‘nalish Kiyevning taslim bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Uchinchi va eng asosiy reja dunyo tartibotini o‘zgartirishdan iborat ekanligi qayd etilgan. Shu bilan birga siyosatshunos G‘arb davlatlariga ogohlantirish bilan chiqqan.

 

"Agar G‘arb halokatli to‘qnashuvning sodir bo‘lishini istamasa, u aslida kim bilan ish olib borayotganini anglashi kerak", — degan u.

 

Avvalroq Rossiyaning Global Janub davlatlari bilan aloqalari kuchayib borayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика