
" Muzokaralar ochiq va professional ruhda o‘tdi. AQSH delegatsiyasi yana bir bor toliblarning so‘zlariga qarab emas, harakatlariga qarab baho berishini taʼkidladi", degan u. Praysning so‘zlariga ko‘ra, Vashington vakillari xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlari, shuningdek, evakuatsiya masalalarini muhokama qilgan. Shu bilan birga to‘g‘ridan to‘g‘ri afg‘on xalqiga gumanitar yordam yetkazib berishga ham to‘xtalib o‘tilgan.
O‘z navbatida, "Tolibon" ham o‘tgan muzokaralarni ijobiy baholagan. Delegatsiya aʼzolaridan biri Hayriddin Xayrxox bu uchrashuv toliblar hokimiyatini tan olinishiga yordam berishiga umid bildirgan. Shuningdek, AQSH gumanitar yordam berishga rozi bo‘lgani maʼlum qilingan.
Bundan avval AQSH va "Tolibon" o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi hamda toliblarning Afg‘oniston shimolida nazoratni yo‘qotayotgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


