1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Olimlar homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirish qiyinroq kechishini maʼlum qildi

“Science Translational Medicine” jurnalida chop etilgan maʼlumotaga  ko‘ra, homilador ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazilgan.

Olimlar homilador ayollarda koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirish qiyinroq kechishini maʼlum qildi

 

Unda ixtiyoriy ravishda bir qancha emizikli va homilador ayollar  qatnashgan. 

Tadqiqot uchun vaksinaning birinchi dozasi bilan homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emlangan  ayollarning aksariyatida immunitetning pasayishi kuzatilgan. Bu holatni Dyuk universiteti (Shimoliy Karolina shtati) olimlari kuzatgan va “Science Translational Medicine”  jurnalida chop etgan.

Ularning maʼlumotiga ko‘ra, ayniqsa, “Moderna”, “Pfizer” va “BioNTech” preparatlaridan so‘ng homilador va emizikli ayollarda antitela titri pastligi  aniqlangan.

Shu bilan birga, to‘liq emlashdan so‘ng homilador bo‘lmagan, emizikli va homilador ayollar o‘rtasida miinimal farq borligi, yaʼni emizikli ayollarda NK-hujayralari soni ko‘payishi kuzatilgan.

“Natijalar shuni ko‘rsatdiki, homiladorlikning oxirgi 3 oyligida emas, balki boshida emlash va keyinchalik kuchaytiruvchi dozasi yo‘ldosh va ona suti orqali antikorlarning tarqalishini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.", - deya xulosa qilmoqda tadqiqot mualliflari.

 

Avvalroq, Jo Bayden shtatlar hokimiyatlarini koronavirusga qarshi vaksina olganlarga 100 dollardan to‘lashga chaqirgani  hamda shifokorlar koronavirusning farzand ko‘rishga taʼsirini baholagani haqida xabar bergandik

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика