1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Mazkur taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

 

Qarorga ko‘ra, oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga quyidagilar kiradi:

➖ Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;

➖ Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.

 

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

 

Kunduzgi taʼlim shaklida o‘qish kamida 3 yil davom etadi. Shuningdek, bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, yaʼni masofaviy tarzda o‘qish kamida 4 yil etib belgilanmoqda. Agar sirtqi taʼlim davomiyligi bo‘yicha bo‘lsa, u ham mazkur davriylikda o‘qitiladi.  Mazkur davriylik oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun amal qiladi.

 

Agar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lsa, unda bu toifadagilar uchun o‘quv muddati 3 yil etib belgilanadi.

 

Kursantlar 1-bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan so‘ng muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

 

Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitish kunduzgi yoki masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. O‘qish davomiyligi esa kamida 1 yilni tashkil etadi.

 

Agar taʼlim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash nazarda tutilsa, unda o‘quv davri 2 yillik magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi.

 

Taʼlim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi.

 

Bundan avval harbiy xizmatga chaqirilish jarayonida bo‘lgan yangiliklar hamda o‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuborilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика