Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltaklagani aks etgan video tarqalmoqda. Holatga Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, fuqaro S.S. 2020 yilda tug‘ilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligi to‘g‘risidagi ariza bilan 17 dekabr kuni murojaat qilgan.
Buning asosida joriy yilning 22 dekabr kuni Olmaliq shahar 19-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi D.Q tarbiyalanuvchiga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.S.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachi D.Q.ga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.


