"Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi 2023 yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishini aytdi.
“Oltin to‘pni kim qo‘lga kiritishini juda yaxshi bilamiz – bu do‘stim Messi. Men esa nomzod sifatida ko'rsatilganimdan faxrlanaman", - dedi Martines.
Avvalroq Messi "Oltin to'p-2023"ga nomzod bo'lgani xabar qilingandi. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida yetti marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan va bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Martines eng yaxshi darvozabonga beriladigan Lev Yashin kubogi uchun davogarlar ro'yxatidan joy olgan. "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 30 oktabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Martines Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.