Janubiy Afrikada o‘tkazilgan tadqiqot “Pfizer-BioNTech” vaksinasi “Omicron” shtammidan kasalxonaga yotishning oldini olishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
⠀
Qayd etilishicha,“Omicron” shtammi vaksinalarga nisbatan chidamliroq, lekin “Pfizer-BioNTech” vaksinasini qabul qilganlarda kasallik kamroq aniqlanmoqda.
⠀
“The Washington Post” nashrining yozishicha, ushbu tadqiqot Janubiy Afrikadagi eng yirik sug‘urta kompaniyasi hisoblanadigan “Discovery Health” kompaniyasi tomonidan olib borilgan.
Tadqiqotda 211 000 ta ijobiy COVID-19 holatlari qayd etilgan va kattalar uchun kasalxonaga yotish xavfi mart oyidagi dastlabki to‘lqinga qaraganda 29 % kamroq ekanligini aniqlangan.
⠀
Laboratoriya natijalariga ko‘ra, ushbu vaksina infeksiyadan 33% himoya qiladi, bu ko‘rsatkich kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan jiddiy kasallikdan 70% ga samara bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyada koronavirusni davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etuvchi birinchi inyeksion preparat yaratilgani hamda O‘zbekiston ham koronavirusning xavfli shtammi “Omicron”ga qarshi vaksina bilan taʼminlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


