1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat / 
  4. "Oq uydagi kokain Bayden va uning o‘g‘liga tegishli" — Tramp

13:29 / 07.07.2023

756

"Oq uydagi kokain Bayden va uning o‘g‘liga tegishli" — Tramp

"Oq uydagi kokain Bayden va uning o‘g‘liga tegishli" — Tramp

Avvalroq Prezident qarorgohidan giyohvandlik moddalari topilgandi

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyda topilgan kokain amaldagi davlat rahbari Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga tegishli ekaniga ishonchi komilligini taʼkidladi.

 

"Oq uyning G‘arbiy qanotida topilgan kokainni Hanter va Jo Baydendan boshqa birovga mo‘ljallanganiga kimdir ishonadimi?",  — deb so‘radi u ijtimoiy tarmoqdagi obunachilaridan.

 

Tramp rasmiylarni xavfsizlik kamerasi tasvirlarini oshkor qilishga chaqirdi. Uning fikricha, bu kadrlar Oq uyga giyohvand moddalar qayerdan kelganini tezda ko‘rsatib beradi.

 

"Ular, ehtimol, javobni allaqachon bilishadi, lekin bu ularga yoqmasa kerak", — dedi sobiq prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida maxfiy xizmatlar Oq uyda nomaʼlum kukunni topishgandi. Tekshiruv o‘tkazilganida bu kokain ekanligi aniqlangan.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика