1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlari ortilgan 63 ta vagon Termizdan Mozori-Sharifga yuborildi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

 

Bugun, 23 dekabr kuni  O‘zbekistonning qo‘shni afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Termiz shahridagi  “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonga jo‘natildi. 

 

Shu bilan birga, Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat halokatga yaqin ekanini haqida gapirgandi. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  AQSH Afg‘onistonga yana 144 million dollar ajratishi hamda Termizda Afg‘onistonga yordam berish maqsadida maxsus logistik markaz tuzilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Pokiston bosh vaziri Afg‘oniston yangi hukumatiga yordam berishga chaqirgandi. 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика