O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston hukumati Balx viloyatining shimolidagi Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonga katta miqdorda gumanitar yordam jo‘natdi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi

 

 

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Afg‘onistonning Hayraton shahrida “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashdi.

 

Qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklardan iborat bo‘lgan 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami afg‘on rasmiylariga topshirilgan.

 

 

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda mamlakatga ko‘rsatayotgan yuksak eʼtibori, qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

 

Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam aslida Afg‘onistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Gumanitar yordam butun mamlakat bo‘ylab muhtoj afg‘onlarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

 

Avvalroq Afg‘oniston chuqur gumanitar inqiroz yoqasida turgani hamda beshta mamlakatdan gumanitar yordam olgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика