“Bu maʼlumotlarni tasdiqlay olmayman, chunki biz rasmiy tashrif haqida so‘rov olmadik. Hozirda rasmiy so‘rov yo‘q”, – degan Zulfiqorov.
Bundan avval AQSH O‘zbekistonga antiterror kuchlarni joylashtirishni reja qilayotgani to‘g‘risida maʼlumot tarqalgandi. Ammo keyinchalik bu ham O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tomonidan rad etildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z hududida AQSH kuchlarini joylashtirmoqchi emas.
Avvalroq Rossiya va AQSH armiyasi bosh shtabi rahbarlari Xelsinkidagi uchrashuvda ushbu masalani muhokama qilgan. Unga ko‘ra, Vashington Rossiyaning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Vladimir Putin iyun oyida Jozef Bayden bilan uchrashuvda shu mazmunda taklif kiritgan.


