O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Isroil tomonidan Qatarning poytaxti Doha shahridagi tinch aholi yashash hududlariga uyushtirilgan zarbalarni xalqaro huquq me’yorlari va BMT Nizomiga zid, mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi tajovuzkor harakat sifatida baholadi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, bu kabi xatti-harakatlar davlatlarning suvereniteti va chegaralarining daxlsizligini qo‘pol ravishda buzadi, shuningdek, Yaqin Sharqda vaziyatni yanada keskinlashtirish xavfini oshiradi.
O‘zbekiston tomoni xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligini ta’kidlab, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.


