1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ona 7 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi

U avval ham qizini ayiq qafasiga tashlagani uchun sud hukmi bilan majburiy davolanishga yuborilgan edi.

Toshkentda ona 7 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi

Poytaxtda og‘ir jinoyat sodir etildi. 1991-yilda tug‘ilgan ayol o‘zining 7 yoshli qiziga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro 2022-yil aprel oyida Toshkent hayvonot bog‘ida o‘sha paytda uch yoshda bo‘lgan qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani uchun sud tomonidan qasddan odam o‘ldirishga urinishda aybdor deb topilgan va majburiy davolanishga yuborilgan edi.

 

Ayol 2025-yil 2-avgust kuniga qadar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida davolangan, keyinchalik 2-sonli shahar ruhiy asab kasalliklari dispanserida hisobga qo‘yilgan. Shunga qaramay, 8-sentyabr kuni u noodatiy xatti-harakatlar qilgan va uyidagi oshxona pichog‘i bilan qiziga jarohatlar yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика