1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshiriladi

Ularning umumiy quvvati 7 ming 331 MVt bo‘lib, issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalaridan iborat bo‘ladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshiriladi

 

 

Qayd etilishicha, bu borada 18 ta investitsiya bitimi imzolangan. Mazkur stansiyalar  amaldagi elektr energiyasining 50 foizini ishlab chiqaradi.

 

2021-yilda  Toshkent viloyati Qibray tumanida umumiy quvvati 710 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2021-yil dekabr oyida quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi.

 

2023 yilda Navoiy viloyati KarmanaNurota va Tomdi tumanlarida umumiy quvvati 800 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasi, Samarqand viloyati Nurobod va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida  esa umumiy quvvati 320 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, Sirdaryo viloyati Yangiyer va Shirin shaharlarida  quvvati 720 MVt bo‘lgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi qurib bitkaziladi.

 

2024-yilda Buxoro viloyatining PeshkuG‘ijduvon va Buxoro tumanlarida umumiy quvvati 1 270 MVt bo‘lgan issiqlik va shamol elektr stansiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

2025-yilda esa Surxondaryo viloyati Sherobod va Angor tumanlarida umumiy quvvati 2 017 MVt bo‘lgan quyosh va issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Bundan avval Qirg‘izistonda kuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari o‘chirilayotgani, bu yilgi kuz-qish mavsumida mamlakatimizda elektr energiyasi qanday holatda bo‘lishi hamda Surxondaryo va Xorazmda elektr stansiyalari qurilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика