“Mehr va oqibat” nodavlat tashkilotining “Ishonch telefoni”ga Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan videoxabar yuborilgan. Videoda itlar jangi va ularga nisbatan qilingan shafqatsizliklar aks etgan.
14 soniyalik videoda o‘rta yoshli erkak tirik itorqa oyoqlarini bog‘lab zanjir yordamida daraxt shoxiga ilib tersini shilgan. Qonga belangan it orqa oyoqlaridagi yetishmayotgan terisini og‘riqdan yalashga harakat qilayotgan vaqt erkak tayoq bilan itning bosh qismiga zarba bergan. Shundan so‘ng qolgan tersini shilish bilan birga itning hushini yo‘qotishini bir necha soniya kutgan. It osilgan xolda ayanchli o‘lim topgan.
1 daqiqa davom etadigan ikkinchi videotasvirda o‘smir yigit itni bo‘yin qismidan arqon bilan bog‘lab, futbol darvozasi ustuniga osib qo‘ygan. Arqondan bo‘g‘ilib hushidan ketgan it ham bosh va tana qismiga tushgan zarbalardan ayanchli o‘lim topgan.
Ushbu videolarni yuborgan murojaatchi keyinroq “Mehr va oqibat” nodavlat tashkilotiga ariza bilan murojaat qilib chora ko‘rishni so‘ragan.
Qabul qilingan ariza va mavjud video dalillar, shuningdek, Telegramdagi guruhlardan kelgan havolalar asosida “Mehr va Oqibat” nodavlat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan. Endilikda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslar, shuningdek, shafqatsiz munosabatda bo‘lishni targ‘ib qiluvchi shaxslar yuridik javobgarlikka tortiladilar.
Avvalroq voyaga yetmagan bolaning mushukka nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgani hamda O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


