1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda qaysi organ fors-major holatlarini tasdiqlaydi?

Ushbu holatlarni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda qaysi organ fors-major holatlarini tasdiqlaydi?

 

Ushbu savol ko‘pchilik tadbirkorlarni qiziqtiradi, ko‘pchilik hattoki buni Savdo sanoat palatasi deb ishonadi va shartnomalariga kiritadi

 

Hozirda yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

 

Loyihaga ko‘ra bu vakolatli organ – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘ladi. Shartnoma doirasida yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash QR-kod qo‘yilgan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali sertifikat berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

Sertifikatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni o‘n ish kunida qabul qiladi. Zarur hollarda tegishlicha joylarga chiqib vaziyat o‘rganilishi ham mumkin.

 

Amaliyotda ko‘pchilik shartnomalar esa 3 kun ichida fors-major haqida bildirishni nazarda tutadi va buni vakolatli organ tomonidan tasdiqlashni inkor qiladi. Shartnomadagi hamkor o‘zi omborxonani yoqib yuborishi, avariya bo‘ldi deya shartnomani bajarishdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘lishi mumkinligi sababli vakolatli organ tomonidan sertifikat bilan tasdiqlash tartibini shartnomaga kiritgan maqsadga muvofiqdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика