Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina “ZF-UZ-VAC2001” bo‘yicha tajriba natijalari eʼlon qildi.
Mazkur tajribadagi sinov natijalariga ko‘ra, 1 oy oldin 3 dozadan vaksina qabul qilgan 32 kishining 78 foizidan olingan namunada “Omicron”ga qarshi neytrallashtiruvchi antitanachalar borligi maʼlum bo‘lgan.
Shuningdek, 32 ta kishidan 16 tasi ikkinchi va uchinchi dozalarni 4 oydan ko‘proq vaqt oralig‘ida qabul qilgan.
Ularning barchasida yangi shtammni neytrallashtiruvchi antitana mavjud. Biroq antitanalar darajasi asl koronavirusda kuzatilganidan taxminan 3 baravar kamligi ham isbotlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusning yangi shtammi homiladorlikda asorat qoldirishi mumkinligi hamda O‘zbekiston virusning yangi shtammi sababli 10ta davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


