1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etildi

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga Hindiston delegatsiyasi tashrif buyurdi. Kecha poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda hind mehmonlari ishtirokida maxsus shou konsert tashkil etildi.

O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etildi

 

 

Qayd etilishicha, sahnaga Hindiston delegatsiyasida yurtimizga tashrif buyurgan Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh, Randhir Kapur va boshqa kinoyulduzlar chiqib, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashishdi.  

 

 

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda hind aktyori Randhir Kapur boshchiligida afsonaviy hind kinoyulduzi Raj Kapurning byusti olib chiqildi. Mazkur byust Kapurlar sulolasining o‘zbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etildi. 

 

 

So‘ng o‘zbek va hind milliy kuy-qo‘shiqlari bilan raqslari ijro etildi. Ayniqsa, Mithun Chakrabortining raqsi barchaga manzur bo‘ldi. 

 

Taʼkidlanishicha, hind  kinosi nafaqat Osiyo, balki balki dunyo kinosanoatida ham alohida o‘tin tutadi. Hindiston kino eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu yerda bir yilda o‘rtacha mingdan ortiq  filmlar suratga olinadi va dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida namoyish etiladi.

 

 

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hind kinoyulduzlari tomonidan mahorat darslari, ijodiy uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etiladi.

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK v“O‘zbekneftgaz”.

 

Hamkor homiylar:  “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq O‘zbekiston kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishilgani, Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani, Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani hamda  turkiyalik kinoijodkor Erkan Kolçak Köstendil ham yurtimizga kelishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика