
Odatda, bunday pufaklarga havoga nisbatan yengilroq bo‘lgan gazlar to‘ldiriladi. Ayrim shunday gazlar tez yonuvchan xususiyatga ega. Biroq gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlari hayot uchun juda xavfli.
Xizmat yoki yashash xonalarida sharlarda chaqnashning yuzaga kelishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Portlash sodir bo‘lishi uchun birgina uchqun yoki cho‘g‘-olovning o‘zi yetarli. Natijada, insonlar jiddiy tan jarohati olishi va bayram fojiaga aylanishi mumkin.
Portlash va yonish xususiyatiga ega bo‘lmagan yengil gazlar bilan to‘ldirilgan pufaklar inson salomatligi uchun xavfsiz.
Bunday gaz bilan to‘ldirilgan pufaklar “qora bozor”da quyidagicha narxlanadi: “Geliy” — 15-18 ming so‘m bo‘lsa, oddiy “Metan” gaz 5-6 ming so‘mni tashkil qiladi. Ko‘proq foyda olish ilinjida ayrim fuqarolar sotuvga olib chiqayotgan pufaklarning ichi gazning arzon turi bilan to‘ldiriladi. U inson hayoti uchun xavf tug‘diradi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, xuddi shunday holat kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, estrada xonandasi Ozoda Nursaidovaning tavallud ayyommi munosabati bilan uning yaqinlari turli sovg‘a-salomlar bilan uning xonadoniga tashrif buyurishgan. Xonandani tabriklash paytida har xil o‘zidan uchqun chiqaradigan vositalar, gaz to‘ldirilgan pufaklar yordamida bilan uni tabriklamoqchi bo‘lishdi. Oqibatda, uchqunli vositalar gaz to‘ldirilgan pufaklarga yaqin keltirilganda portlash ro‘y berdi.
Taxminlarga ko‘ra, sharlar oddiy is gazi, yaʼni “Metan”da to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.
Hozircha holat yuzasidan boshqa maʼlumotlar ochiqlanmagan.
Avvalroq Surxondaryoda "UAZ" avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon nima sababdan portlagani va Navoiyda gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


