1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Parlament ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti O‘zbekistonda bo‘ladi

2022 yilda O‘zbekistonda jahon parlamentlarining ayol rahbarlari  sammiti bo‘lib o‘tadi.

Parlament ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti O‘zbekistonda bo‘ladi

 

Bu haqda Vena shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoq aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 13 sammitida maʼlum qilindi.

 

Ushbu xalqaro anjumanda O‘zbekiston tarafdan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva qatnashgan. U anjuman ishtirokchilarini O‘zbekistonda gender tenglik masalasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

 

Sammitda pandemiyadan keyingi tiklanish jarayonida ayollar ishtiroki muhokama qilindi. Norboyeva o‘zbek ayollarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularga turli grant va  kreditlar ajratilgani hamda taʼlim sohasida berilgan imtiyozlarga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, respublikada xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida taʼkidlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining forumi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика