1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Peruda vayronakor ko‘chki sodir bo‘ldi

80 ga yaqin uy qulab tushgan.

Peruda vayronakor ko‘chki sodir bo‘ldi

 

Peruda yuz bergan yer ko‘chkisi natijasida kamida 15 kishi bedarak yo‘qoldi, sakkiz nafari qutqarib olindi.

 

Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, omon qolganlarni qidirish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda. Qurnoblar yo‘q. Peru shimolidagi La Libertad mintaqasida 60 dan 80 taggacha uylar butunlay vayron bo‘lgan.

 

Qulagan binolar ostida odamlar borligi uchun qutqaruv guruhi o‘ta ehtiyotkorlik bilan ishlamoqda.

Ofat hududiga yetib kelgan shahar meri Luis Velezmoro bergan maxsus intervyusida bir qancha uylarning devorlarini buzish orqali qamalib qolgan odamlarni qutqarishga harakat qilishayotganini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика