1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Politico: Yevropaning yirik davlatlari Kiyevga harbiy yordam berishni kamaytirgan

Bu holat qachondan boshlangani maʼlum qilindi.

Politico: Yevropaning yirik davlatlari Kiyevga harbiy yordam berishni kamaytirgan

 

Iyul oyida Yevropaning olti yirik davlati Ukrainaga harbiy yordam masalasida hech qanday qo‘shimcha majburiyat olmadi. Bu haqda Politico Kil jahon iqtisodiyoti instituti maʼlumotlariga tayanib maʼlum qildi.

 

Bu kabi holat Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan buyon ilk bor ro‘y bermoqda. Shu bilan birga aniq qaysi davlatlar harbiy yordam berishni to‘xtatgani aniq aytilmagan, ammo ularning orasida Germaniya va Fransiya ham bor.

 

Ukraine Support Tracker loyihasi rahbari Kristofer Trebeshning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash aprel oyidan boshlab pasaygan.

 

“Urush hal qiluvchi pallaga kirganiga qaramay, yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi tashabbuslar ko‘rsatilmayapti”, – degan ekspert.

 

Avvalroq NATO bosh kotibi nima uchun Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilayotganini tushuntirgandi.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика