1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Polsha prezidenti Merkelni Yevropaga dushmanlikda aybladi

Bu Germaniya sobiq kanslerining “Shimoliy Oqim-2” bo‘yicha pozitsiyasi bilan bog‘liq.

Polsha prezidenti Merkelni Yevropaga dushmanlikda aybladi

 

Angela Merkel uzoq yillar davomida “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasini qo‘llab-quvvatlashi noto‘g‘ri bo‘lgan. Bu haqda Polsha prezidenti Andjey Duda maʼlum qildi.

 

“ ‘Shimoliy oqim-2‘ nomli gaz loyihalari mening Germaniyaga nisbatan eng katta tanbehlarimdan biri. Biz doimiy ravishda Nord Stream sof iqtisodiy loyiha ekanini eshitib keldik. Men bu argumentga hech qachon qo‘shilmaganman. 2021 yilda esa Bayden va Merkel o‘rtasida kelishuv imzolandi, unda Vashingtonning “Shimoliy oqim-2” qarshi emasligi aks etgandi. O‘sha kunning o‘zidayoq Merkel Putinga qo‘ng‘iroq qilgan. Buni nafaqat befarqlik, balki biz joylashgan Yevropa qismiga dushmanlik ham bo‘lishi mumkin”, — degan u.

 

“Shimoliy oqim-2” to‘liq qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, ishga tushirilmadi. Bunga Rossiyaning “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olishi sabab bo‘ldi.

 

Avvalroq Vladimir Putin “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirishga tayyor ekanini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика