1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Polshada AQSHning harbiy ishtiroki kuchaytirilishi mumkin

14:22 / 17.03.2022

1.4k

Polshada AQSHning harbiy ishtiroki kuchaytirilishi mumkin

Polshada AQSHning harbiy ishtiroki kuchaytirilishi mumkin

Shuningdek, polyak yerlarida qancha amerikalik askarlar borligi ochiqlandi.

 

Polshada AQSHning doimiy harbiy bazalari paydo  bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashak ma’lum qildi. 

 

“Bu narsa NATOning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Madrid sammitidan keyin ma’lum bo‘ladi. Hozirda ushbu masala muhokama qilinmoqda. Biz asta-sekin bu yo‘nalshda harakat qilmoqdamiz”, – degan u. 

 

Shuningdek,  Blaщak hozirda Polsha hududida 10 ming AQSH askari joylashtirilganini aytgan. “Bundan tashqari, bizda rumыn, britaniyalik, kanadalik va Xorvatiya harbiylari ham joylashtirilgan”, – deb qo‘shimcha qilgan mudofaa vaziri. 

 

Hozirga qadar Polsha hududida birorta doimiy AQSH harbiy bazasi mavjud emas. 

 

Avvalroq NATO Yevropada jami qancha qo‘shin joylashtirgani ochiqlangandi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика