1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Popkorn, piyoz, salat bargi... G‘arbda qator mahsulotlar taqchilligi kuzatilmoqda

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Popkorn, piyoz, salat bargi... G‘arbda qator mahsulotlar taqchilligi kuzatilmoqda

 

G‘arb davlatlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 

Ekspertlarning fikricha, bu yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar bilan bog‘liq. Oqibatda qator davlatlarda pivo, Popkorn, piyoz va boshqa mahsulotlar taqchilligi kuzatilyapti.

 

"So‘nggi oylarda ayrim mahsulotlar odatdagidan tashqari qimmat yoki topilishi qiyin bo‘lib qoldi. Masalan, Avstraliyadan keladigan latuk salati, Yaponiya piyozi, hatto Germaniyadan pivoning narxi oshib ketdi. Bu esa biznesni muqobil mahsulotlar qidirishga majbur qilmoqda. Muammo asosan mahsulotlar yo‘qligi emas, global yetkazib berish zanjirlari tufayli yuzaga kelgan. Bunga bir qancha faktorlar sababchi: noqulay ob-havodan tortib, pandemiya va geosiyosiy taranglikkacha", — deyiladi agentlik xabarida.

 

Masalan, Germaniyada shisha idishlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Ular Ukrainadan keladigan shisha mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan. AQSHda esa popkorn yetishmovchiligi kuzatilgan. Fermerlar makkajo‘xoridan boshqa serdaromad ekinlar yetishtirishga o‘tib ketishi xavfi bor.

 

Avvalroq AQSH Amerika davlatlari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligiga qarshi kurashmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика