1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi

Tashrif doirasida Prezident Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi.

 

Syurix xalqaro aeroportida Prezidentni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakat yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonni G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga ta’sischi a’zo sifatida taklif qilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning G‘azo bo‘yicha xalqaro tinchlik tashabbusida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика